Termizning sobiq hokimi va 17 amaldor sudlanmoqda
Jamiyat
−
02 iyun 2023
10023Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida Isroil Xudoyberdiyev va 17 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Oliy Sud mabuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 25, 167, 167, 168, 184, 28, 205, 205, 206, 28, 209, 209, 210 va 229-4-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Shuningdek, sud jarayoni yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi haqida ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Termiz shahar sobiq hokimi Isroil Xudoyberdiyev (1981 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan, Termiz shahar hokimi lavozimida ishlagan) o‘tgan yili 5 ta holat bo‘yicha davlatga 19,7 mlrd so‘m moddiy zarar yetkazganlikda ayblanib qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik Bosh Prokuratura Termiz shahar hokimiyati sobiq mansabdor shaxslari tomonidan davlat va jamiyat hamda tadbirkorlarning manfaatlariga 35,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlanganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi