Termizda “Biznesni rivojlantiriş banki”ning yangi bank xizmatlari markazi oçildi

Biznes

−

image

Bank xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlari kengaymoqda

Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida “Biznesni rivojlantiriş banki” ATBning yangi bank xizmatlari markazi öz faoliyatini boşladi.

Mazkur markazning işga tuşirilişi hududda bank xizmatlari infratuzilmasini rivojlantiriş, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uçun moliyaviy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş hamda mijozlarga yanada qulay va tezkor xizmat körsatişni ta’minlaş yölidagi muhim qadamlardan biridir.

Zamonaviy bank xizmatlari – qulaylik va işonç

Yangi bank xizmatlari markazida jismoniy va yuridik şaxslar uçun zamonaviy, qulay va sifatli bank xizmatlarining keng turlari taklif etiladi.

Markazda mijozlar öz moliyaviy ehtiyojlaridan kelib çiqib, quyidagi xizmatlardan foydalanişlari mumkin:

  • Jismoniy va yuridik şaxslar uçun bank hisobvaraqlarini oçiş va ularga xizmat körsatiş;
  • Milliy va xorijiy valyutalarda pul ötkazmalari hamda tölovlarni amalga oşiriş;
  • Kredit va omonat xizmatlaridan foydalaniş;
  • Bank kartalarini rasmiylaştiriş va ularga xizmat körsatiş;
  • Masofaviy bank xizmatlari va zamonaviy raqamli tölovlardan foydalaniş;
  • Tadbirkorlik sub’ektlari uçun hisob-kitob va kassa xizmatlarini körsatiş;
  • Taşqi iqtisodiy faoliyat bilan boğliq bank operatsiyalarini amalga oşiriş;
  • Moliyaviy masalalar böyiça maslahat va amaliy kömak oliş.

Markaz faoliyatining asosiy maqsadi – mijozlarga tezkor, sifatli va qulay bank xizmatlarini taqdim etiş, ularning moliyaviy ehtiyojlarini samarali qondiriş hamda zamonaviy bank xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytirişdan iborat.

Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va yangi imkoniyatlar

Yangi bank xizmatlari markazining oçilişi, ayniqsa, Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari uçun muhim ahamiyat kasb etadi. Markaz orqali tadbirkorlar öz biznes loyihalarini moliyalaştiriş, faoliyatini kengaytiriş va yangi taşabbuslarini röyobga çiqariş uçun zarur bank xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatiga ega böladilar.

Şuningdek, markazning faoliyati hudud aholisining bank xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlarini yanada kengaytiriş, mijozlarga qulay şaroitlar yaratiş va moliyaviy xizmatlarni aholiga yaqinlaştirişga qaratilgan.

Hududlarda moliyaviy xizmatlar qamrovi kengaymoqda

“Biznesni rivojlantiriş banki” ATB bank xizmatlari infratuzilmasini hududlarda izçil rivojlantiriş, mijozlarga xizmat körsatiş sifatini oşiriş va tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qöllab-quvvatlaşni ustuvor yönalişlardan biri sifatida belgilagan.

Termiz tumanida yangi bank xizmatlari markazining işga tuşirilişi ham uşbu maqsadlar yölidagi navbatdagi amaliy qadamlardan biri bölib, hududning iqtisodiy faolligini oşiriş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va aholi uçun bank xizmatlaridan foydalanişda qöşimça qulayliklar yaratişga xizmat qiladi.

Bank xizmatlari markazi manzili: Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, Yangi hayot MFY, At-Termiziy köçasi, 7A uy.

“Biznesni rivojlantiriş banki” ATB Termiz tumani aholisi va tadbirkorlariga yanada yaqin bölib, ularning moliyaviy ehtiyojlarini qöllab-quvvatlaş hamda yangi biznes imkoniyatlarini röyobga çiqarişga kömaklaşişdan mamnun.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing