Biznesni rivojlantirish banki rahbariyati tadbirkorlar va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Biznes

−

image

2026 yil 16-oktyabr kuni Bektemir tumani “Abay” mahallasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Yusupov, Toshkent shahar prokurori v.v.b A.Urmanov, Bektemir tuman hokimi N.Abduraxmanov va boshqa mas’ullar ishtirokida Bektemir tumani hududidagi tadbirkorlar va fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda tuman hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va fuqarolar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar va fuqarolarning mavjud muammolari, taklif va tashabbuslari o‘rganildi. Xususan, ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, yangi loyihalarni amalga oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda daromad manbalarini ko‘paytirish bilan bog‘liq turli murojaatlar bildirildi.

Mazkur uchrashuvlar aholi va tadbirkorlarning muammolarini joyida o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan.

“RWS OPTIMUM” MCHJ rahbari qum-shag‘al aralashmasini xomashyo sifatida olish bo‘yicha yuzaga kelgan malalar yuzasidan murojaat qildi.

“CHILON LUBRICANTS” MCHJ rahbari tomonidan uchrashuv davomida tog‘-kon sanoatida portlovchi moddalar ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha amaldagi qonunchilikka tegishli nizom kiritish taklif etdi.

Kelib tushgan murojaat va takliflar mas’ullar tomonidan batafsil o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

👉 Batafsil

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | You Tube

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing