UNICEF Afğonistondagi millionlab bolalarga Özbekiston orqali yordam yetkazmoqda
Olam
−
08:31 438 1 daqiqa
Özbekistonning Termiz şahri orqali Afğonistonga davolovçi oziq-ovqat mahsulotlari va zarur dori-darmonlar yetkazib berilmoqda. Bu haqda UNICEF xabar berdi.
Taşkilotning keça, 25 oktyabr kuni xabar berişiça, Termizdagi logistika markazi Afğonistonga insonparvarlik yordamini uzluksiz yetkazişda muhim örin tutadi. Uşbu markaz orqali, ayniqsa, oziq-ovqat yetişmovçiligidan aziyat çekayotgan bolalar va ularning oilalari uçun zarur mahsulotlar yuborilmoqda.
Ma’lumotlarga köra, Afğonistonda millionlab bolalar töyib ovqatlanmaslik xavfi ostida qolmoqda. Şu sababli, davolovçi oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni öz vaqtida yetkaziş bolalar hayotini saqlab qolişda muhim ahamiyatga ega.
Taşkilot avvalroq Afğonistonda 3,7 million bola oziqlaniş yetişmovçiligidan aziyat çekayotganini bildirgan. Ularning qariyb 1 million nafari esa hayot uçun xavfli bölgan oğir darajadagi oziqlaniş yetişmovçiligiga duç kelgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Afğonistonda qizlarning erta turmuşga berilişi ularning ta’lim olişi, soğliği va kelajakdagi imkoniyatlariga tahdid solayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi