16 yashar o‘quvchi onasining mashinasida avtohalokatga uchradi. Qurbon bor (video)
3-sahifa
−
15:41 2135 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida 2010 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi onasining Cobalt mashinasi bilan yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat Yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9 oktyabr kuni soat taxminan 01:00 lar atrofida Termiz tumani “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi D166 “Termiz shahri – Namun – Termiz xalqaro aeroporti” avtomobil yo‘lining 11-kilometrida voyaga yetmagan shaxslar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, Termiz shahridagi 25-maktabning haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 10-sinf o‘quvchisi onasiga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli transport vositasini yuqori tezlikda haydagan va tajribasizligi tufayli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘rtasida o‘rnatilgan yoritish chiroqlari ustuniga borib urilgan.
Hodisa oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohatlari bilan jonlantirish bo‘limiga yetkazilgan. Avtomashina salonida bo‘lgan haydovchining 2010 yilda tug‘ilgan sinfdoshi voqea joyida vafot etgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan Termiz tumani ichki ishlar bo‘limi tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi yettita avtomobil bilan to‘qnashgandi. Oqibatda 3 nafar fuqaro voqea joyida vafot etgan.
Live
Barchasi