Xodimlariga daraxt ektirgan mansabdor 22 mln söm jarimaga tortildi

3-sahifa

−

image

Surxondaryo viloyati Turizm boşqarmasi boşliği xodimlariga daraxt ektirgani uçun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Davlat mehnat inspeksiyasiga Surxondaryo viloyati Turizm boşqarmasi xodimidan iş beruvçi tomonidan majburiy mehnatga jalb etilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tuşgan.

Örganişlar natijasida Surxondaryo viloyati Turizm boşqarmasi boşliği tomonidan boşqarma xodimlarini xizmat vazifalariga kirmaydigan daraxt ekiş işlariga majburiy tarzda jalb qiliş, şuningdek, ulardan majburiy ravişda pul mablağlari yiğiş holatlari öz tasdiğini topgan.

Mazkur harakatlar Mehnat kodeksining 5-moddasi (mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlaş prinsipi) hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 349-son qarori talablariga zid deb topilgan.

Aniqlangan qonunbuziliş holatlari yuzasidan mansabdor şaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 51-moddasi asosan bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari miqdorida jarima qöllanilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanidagi jamoat salomatligi texnikumi pedagoglarini xizmat vazifasiga kirmaydigan işlarga jalb qilgan mansabdor şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing