Denovda fuqarolarning kartalaridan yaşirinça pul yeçib olgan şaxs uşlandi (video)

3-sahifa

−

image

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida turli mahallalarda yaşovçi fuqarolarning bank kartalaridan jami 38 mln 946 ming sömni ruxsatsiz yeçib olganlikda gumonlanayotgan şaxs qölga olindi. Bu haqda Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, IIB Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlar va texnik suriştiruvlar davomida Denov tumanida yaşovçi fuqarolarning bank kartalaridan pul mablağlari ruxsatsiz yeçib olingani bilan boğliq bir neçta jinoyat aniqlangan.

Tekşiruvlarda turli mahallalarda istiqomat qiluvçi fuqarolarning bank kartalaridan jami 38 mln 946 ming söm yeçib olingani ma’lum bölgan. Uşbu jinoyatlarni sodir etişda gumonlanayotgan Buxoro şahrida yaşovçi şaxs aniqlanib, qölga olingan.

Hozirda uning boşqa şu kabi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlaş yuzasidan tezkor-suriştiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Qayd etilişiça, mazkur holatlar “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri hamda “Kibermadaniyatni yuksaltiriş oyligi” doirasida aniqlangan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda ijtimoiy tarmoqlar orqali turli mahsulotlarni sotiş, kredit olib beriş va pullarni köpaytirişni va’da qilib, fuqarolardan pul olgan şaxs uşlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing