Tepada Xudo turibdi – oltinsoylik otaxon To‘ra Bobolovga janjal qanday chiqqanini aytib berdi
Jamiyat
−
17 fevral 2020
25188Surxondaryoning Oltinsoy tumanida aholi va IIB xodimlari orasida mojaro sodir bo‘lganи, mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura rasmiy bayonot bergani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Prezidentining “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2019 yil 1 mayga qadar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga “amnistiya” e’lon qilindi. Shu davrda 589 991 nafar fuqaroga o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarga mulk huquqi berildi.
Qayd etilishicha, “Xalqobod” mahallasida yashovchi ayrim fuqarolar esa “amnistiya” muddati tugagandan keyin bu hududda joylashgan fermer xo‘jaligiga tegishli yer maydoniga noqonuniy uy-joy qurib olishgan.
“Konstitutsiyamizda belgilanganidek, yer umummilliy boyligimizdir. Yurtimizda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 20,2 mln gektar yerning atigi 20,7 foizi sug‘oriladigan yerlar hisoblanadi. So‘nggi 15 yilda aholi jon boshiga sug‘oriladigan yerlar 24 foizga (0,23 ga dan 0,16 gacha) kamaygan. Bunda ayrim shaxslar tomonidan qonunlarni ochiqchasiga buzgan holda yerlarni egallab olish holatlarining ham tasiri bor, albatta.
Mamlakat aholisining qariyb 16,4 millioni (jami aholining 49,4 foizi) qishloq hududlarida istiqomat qilishini hisobga olsak, bu kabi noqonuniy harakatlarning hozir oldi olinmasa, qishloq aholisi bandligini, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taminlashdek strategik o‘ta muhim masalalarda muammolar yuzaga kelishi tabiiy holdir.
Shu nuqtai nazardan Oltinsoy tumanining “Xalqobod” mahallasida yashovchi 6 nafar fuqaro tomonidan noqonuniy ravishda egallab olingan "Oq-oltin manzarasi" fermer xo‘jaligiga qarashli paxta va g‘allaga mo‘ljallangan ekin yer maydonining jami 0,39 gektari qaytarilib, yashash imkoniyati mavjud bo‘lmagan 235,35 kvadrat metr maydonida qurib olingan uy-joy binolari albatta buziladi. Ammo bu ularga qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan zahira maydonlardan yer ajratilib, uy-joy qurib olishlariga amaliy jihatdan ko‘maklashilgandan keyin amalga oshiriladi. Ushbu hududga borgan komissiya azolari ham o‘zboshimchalik bilar qurilgan uylarni buzdirish uchun emas, asl holatni o‘rganish uchun borgan”, deyiladi hokimlik bayonotida.
Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov aholi va IIB xodimlari o‘rtasida rosmanaka kurash bo‘lganidan keyin “Xalqobod” mahallasi fuqarolari vakillari bilan uchrashgan. Uchrashuvda fuqarolar viloyat hokimiga bo‘lgan voqeani aytib, holatga oydinlik kiritishga harakat qilgan.
“Avval bular kelishdi… O‘zimizning “uchastkovoy”lar, hurmatli prokurorimiz bilan 4-5 kishi bo‘lib kelishdi. Shunaqa-shunaqa, bu hokimning nimasi (buyrug‘i – tahr.) deyishdi. Bular esa hokimning o‘zlari kelsinlar, o‘zimiz gaplashib, murosaga kelamiz dedi. Yarim soat o‘tganidan keyin bular “Bo‘ldi, hokimni oldiga boramiz. Ular hozir selektorda edi, chiqishi bilan keladi”, deyishdi. Oradan 40 daqiqa o‘tmasdan bular panadan 30 ta mashinada kela boshladi. Tepamda Xudo turibdi, 40-50 ta militsiya bo‘lsa, qolgan yana 40 ga yaqin formada bo‘lmagan odamlar... Hech nimadan hech nima yo‘q kela boshladi. Militsiyalar bolamasidan, o‘shalar birdaniga yopishib ketdi. 8, 9-sinfda o‘qiydigan maktab bolalari sudrab, qo‘llarini qayirib olib keta boshlashdi. Shundan keyin bular ularning orqasidan chopishdi. Men 75 foiz bularni (IIB xodimlari – tahr.) aybdor deyapman”, degan qishloqdagi oqsoqollardan biri.
Ta’kidlan joizki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirovning ayni holatga bildirgan munosabati UzNet`ni "portlatdi".
LiveBarchasi