Surxondaryoda sudyaga pora taklif qilgan advokat ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida jinoyat ishi bo‘yicha shikoyatni qanoatlantirib berish evaziga sudyaga pora taklif qilgan advokat ushlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyat sudi ish yurituvidagi Sh.H.ga (birinchi instansiya sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan, hukm apellyatsiya instansiyasida o‘zgarishsiz qoldirilgan) doir jinoyat ishi bo‘yicha berilgan taftish shikoyatini qanoatlantirib berish evaziga sudyaga (jinoyat ishi bo‘yicha ma’ruzachi) 1000 dollar miqdorida pora taklif qilgan advokat ushlangan.

Advokat ish bo‘yicha fuqaroviy da’vogarning vakili bo‘lib, taftish shikoyati qonuniy ko‘rib chiqilishi tushuntirilishiga qaramay takroran pora taklif qilgani ortidan, sudyaning bildirgisi asosida vakolatli organ tomonidan tadbir o‘tkazilib, daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon tumanida Kadastr agentligining tuman bo‘limi boshlig‘i noqonuniy faoliyati chog‘ida 10 ming AQSH dollari bilan ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo sud'ya advokat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing