Surxondaryodagi restoranda tandir go‘shtidan qurt chiqdi (video)

Jamiyat

−

image

Joriy yilning 13 aprel kuni Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan “Bahor” umumiy ovqatlanish shoxobchasida tandir go‘shti ichidan qurt chiqdi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, qo‘mitaning Sho‘rchi tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan shu kunning o‘zida barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan namuna olinib, sanitariya-gigiyenik va tibbiy profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

Umumiy ovqatlanish shoxobchasining jihozlari, oziq-ovqat mahsulotlaridan tegishli laboratoriya tahlillari uchun namunalar olingan va ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi ayrim maktabgacha ta’lim muassasalarida go‘sht mahsulotlarining 4/1 qismi yaroqsiz holatda ekani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing