Tanganing ikkinchi tomoni. Yevropada gaz narxi “osmonga chiqdi”

Olam

image

Bugun, 28 fevral kuni Yevropada gaz narxi Rossiyaga qarshi kiritilgan qattiq sanksiyalar fonida keskin ko‘tarildi. Erta savdoning yuqori cho‘qqisida, aprel oyida yetkazib berish bilan Niderlandiyadagi TTF markazidagi narx 1 MVt/soat uchun 126,9 yevroga yetdi - bu London ICE birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, oldingi yopilish narxidan 36,23 foizga ko‘p.

Toshkent vaqti bilan soat 12:50da gaz narxi 1 MVt/soat uchun 107 yevroni tashkil qilgan. Savdo boshlanganidan beri narxlarning oshishi 15,19 foizni tashkil etgan.

Dam olish kunlarida Rossiyaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarning yangi paketi energiya taqchilligi yuzaga kelishi ehtimolini kuchaytirgan, deb yozadi “Bloomberg”. Garchi sanksiyalar energiya ta’minotiga ta’sir qilmasa-da, tez orada yana sanksiyalar qo‘llanilishidan xavotir bor, degan agentlik.

Eslatib o‘tamiz, AQSH, YeI va boshqa davlatlar Rossiya Ukrainaga hujum boshlagach, unga nisbatan misli ko‘rilmagan sanksiyalarni qo‘lladi, ular qatorida ba’zi banklarni SWIFT tizimidan uzib qo‘yish, shuningdek, Rossiya Markaziy bankiga qarshi sanksiyalarni keltirish mumkin.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing