Talaba oyoqyalang kelsa ham indamasdan turishimiz kerakmi? – Jasur Rizayev
Intervyu
−
29 Oktabr 2020
21340Ma’lumki, pandemiya bois O‘zbekistonda mart oyidan buyon oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlari onlayn olib borilmoqda. Bu esa ta’limdagi ko‘plab kamchiliklarni – internetning sifatsizligidan tortib, ayrim o‘qituvchilarning malakasizligini ko‘rsatib qo‘ydi. Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda hatto onlayn darslarda ham talabalardan forma talab qilinayotgani haqidagi gaplar tarqaldi. Bu gaplar Samarqand davlat tibbiyot instituti bilan ham bog‘liq.
Umuman olganda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari qachongacha ta’lim sifati, uni rivojlantirish, bozorda xaridorgir kadrlar tayyorlash o‘rniga, forma boshqa shunga o‘xshash masalalar bilan shug‘ullanadi? Aynan shu savol bilan QALAMPIR.UZ Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Jasur Rizayevga yuzlandi.
Ushbu intervyuni to‘liq shaklda yuqoridagi videopleyerda yoki YouTube'dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.
Ch.Sh.: — Siz rahbarlik qilayotgan institut talabalaridan onlayn darslarda forma talab qilinyapti degan gaplar tarqaldi. Bu qaysi mantiqqa to‘g‘ri keladi?
J.R.: — Bilasizmi, ijtimoiy tarmoqlarda institutda onlayn darslarda halat kiyishni talab qilishyapti degan ma’noda juda ko‘p gaplar bo‘libdi. Buni o‘qib, tepa sochim tikka bo‘lib, tahlil qildim. Dekanlar ham, mas’ullar ham bunday emasligini aytib, meni ishontirishdi. Bunday holatlar uchrayotgan bo‘lishi mumkin. Farzandlarim ham kelib, ma’ruzada halat kiyib o‘tirishimiz kerak ekan, degan paytlari bo‘ldi. Menimcha, bu endi byurokratik yondashuv, desam to‘g‘ri bo‘ladi.
Tahr.: Jasur Rizayev so‘zida davom etarkan, oliy tibbiy ta’limda oq halat kiyishni talab qilish, yoshlarda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish ekanini urg‘uladi.
J.R.: — Oliy tibbiy ta’limda forma bor. Oq xalat kiyiladi. Bu ko‘p talabalarning orzusi. Masalan, men, forma kerak emas degan fikrdan to‘liq yiroqman. Buni ham to‘g‘ri talqin qilish kerak. Shifokormi xalatini kiyishi kerak-da. Shikokorlik etiketi bor. Bunga to‘g‘ri kelmaydigan narsalarga qarshiman. Masalan, stomatologlarni olaylik. Stomatologning uzun tirnog‘i bo‘lsa, qanday qilib muolaja o‘tkazadi? Menimcha, talab qilishimiz kerak. Misol uchun chet el talabalari biznikilarga nisbatan juda erkin. Biz ham baribir bugunmi yo erta bu narsaga biz ham yetib kelamiz. Chet elda restoranga shortikda kirsangiz,k irgizishmaydi. Nima uchun biz ularni tanqid qilmaymiz
Ch.Sh.: — Lekin talabalar orasida “agarda forma xohishga qarab deyilsa, men formada o‘qishga kelaman”, deguvchilar ham bo‘ldi.
J.R.: — Bilasizmi, oddiy insoniy etiketlar bor. Nega qimmat restoranga borsak, shortikda kiritmaydi. Nima uchun biz sho‘rvani vilkada ichmaymiz? Nega vilkada yeyishimiz kerak bo‘lgan ovqatni qoshiqda yemaymiz. Axir, bu oddiy etiket. Buni hammamiz to‘g‘ri tushunishimiz kerak.
Har narsada chegara bo‘lishi kerak. Talaba oyoqyalang kelsa ham indamasdan tura olmaymiz. Hozirgi aytayotgan gaplarimizni tagida bitta ma’no bor. Biz ertaga bo‘lajak mutaxassislarni hayotga tayyorlab berishimiz kerak.
Ushbu intervyuni to‘liq shaklda yuqoridagi videopleyerda yoki YouTube'dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.