Samarqandda 19 yoshli talaba o‘zini 9-qavatdan tashladi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatida 19 yoshli talaba qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab joniga qasd qildi. Mazkur holat yuzasidan  QALAMPIR.UZ so‘roviga binoan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, joriy yilning 19 fevral kuni soat 17:00 atrofida 2005 yilda tug‘ilgan S.M. Samarqand shahrida joylashgan ko‘p qavatli uyning 9-qavatidagi xonadonning derazasidan o‘zini pastga tashlab, joniga qasd qilgan.

Hodisa joyi tergov tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, S.M.ning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida 17 yoshli qiz 16 qavatli uyning tomidan o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

talaba Samarqand qasd

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing