“Xavfsiz talaba” ilovasiga ulaniş majburiy emas – Boş prokuratura 

Jamiyat

−

image

Avvalroq, Özbekistondagi bir neçta oliy ta’lum muassasalarida talabalardan “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatiş talab qilinayotgani haqida xabar berilgan edi. Xususan, Özbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalar uşbu ilovani örnatmagani uçun darsga kiritilmadi, buning ortidan esa oliygohning Tarjimonlik fakulteti dekani Uluğbek Yöldoşev işdan olindi. Ijtimoiy tarmoqlarda uşbu dasturni örnatiş böyiça topşiriq prokuratura tomonidan bölgani aytildi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritiş maqsadida Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov bilan boğlandi.

Uning tahririyatga taqdim etgan ma’lumotiga köra, “Xavfsiz talaba” platformasi Boş prokuraturaning bevosita axborot tizimi hisoblanmaydi. Olmazor tumani Boş prokuraturaga biriktirilganidan söng, tumanning kriminogen vaziyatini yaxşilaş, şuningdek, hududda 6 ta oliy ta’lim muassasasi va 41 ta talabalar turar joyi mavjudligini inobatga olgan holda, Ta’lim va ilm-fan vazirligi, “Özinfokom” davlat korxonasi hamda boşqa idoralar hamkorligida tajriba tariqasida “Talabalar vaziyatlar markazi”ni taşkil etiş belgilangan va mazkur vazifa amalga oşirilgan.

Vaziyatlar markazining asosiy maqsadi talabalar uçun xavfsiz ta’lim oliş va talabalar turar joylarida yaşaş şaroitlarini yaratiş, şuningdek, ularning ta’lim muassasalari vakillari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, davlat idoralari va vazirliklarga tezkor va qulay tarzda murojaat qiliş imkoniyatlarini ta’minlaşdan iborat. Şu maqsadda “Xavfsiz talaba” mobil ilovasi işlab çiqilib, Vaziyatlar markaziga integratsiya qilingan.

“Boş prokuraturaning mazkur yönalişdagi asosiy vazifasi vazirlik, oliy ta’lim muassasalari rahbariyati, tyutorlar, talabalar va pedagog xodimlar uçun qulaylik yaratiş, şuningdek, bir neça yildan buyon talabalar foydalanib kelayotgan Oliy ta’lim vazirligining HEMIS axborot tizimi, huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamda boşqa davlat idoralari va vazirliklarning elektron tizimlarini talabalar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida yagona tizimga integratsiya qilişdan iborat böldi. Natijada “Xavfsiz talaba” platformasi yaratildi”, deyiladi Boş prokuratura izohida.

Bildirilişiça, platforma orqali talabalar öz mobil qurilmalari yordamida ta’lim jarayoni va özlaştiriş körsatkiçlari haqidagi ma’lumotlarni onlayn tarzda olişi, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, tibbiyot muassasalari hamda boşqa davlat idoralariga murojaat yuborişi va murojaatlariga elektron şaklda javob olişi mumkin.

“Şuningdek, istalgan vaqtda va joyda tez tibbiy yordam, profilaktika inspektori yoki Favqulodda vaziyatlar vazirligi brigadasini çaqiriş imkoniyati yaratilgan. Bundan taşqari, oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylariga joylaştiriş jarayoni şaffoflaştirilib, maişiy korrupsiyaning oldini oliş hamda inson omilisiz elektron tizim orqali joylaşiş imkoniyati yölga qöyilgan. Eng muhimi, barça foydalanuvçilar uçun mobil ilovadan foydalaniş mutlaqo bepul etib belgilangan”, deyiladi Boş prokuratura ma’lumotida.

Qayd etilişiça, Prezidentning joriy yil 11 sentyabr kuni Olmazor tumaniga qilgan taşrifi davomida mazkur tizim taqdimoti ötkazilgan. Taqdimot jarayonida tizimning imkoniyatlari, şaffofligi, undan foydalaniş mutlaqo bepul ekanligi, şuningdek, ota-onalarning öz farzandlari – talabalar haqidagi ma’lumotlarni mobil qurilmalari orqali bepul oliş imkoniyati mavjudligi e’tirof etilgan.

Şu bilan birga, mazkur tizimni tajriba tariqasida dastlab Toşkent şahridagi barça oliy ta’lim muassasalarida, keyinçalik esa respublika miqyosidagi oliy ta’lim muassasalarida joriy etiş böyiça topşiriq berilgan.

Mazkur topşiriq ijrosini ta’minlaş maqsadida 11 sentyabr kunidan boşlab “Xavfsiz talaba” platformasining mazmun-mohiyati va imkoniyatlarini oliy ta’lim muassasalari rahbariyatiga tuşuntiriş hamda tarğibot işlari boşlangan. Ayni paytda tizimni takomillaştiriş maqsadida oliy ta’lim muassasalari vakillari, talabalar va boşqa foydalanuvçilarning fikr-mulohazalari örganilmoqda.

“Alohida ta’kidlaş lozimki, talabalarning mazkur mobil ilovaga ulanişi majburiy hisoblanmaydi. Boş prokuratura tomonidan olib borilayotgan tarğibot işlari platformaning qulayliklari va imkoniyatlarini tuşuntiriş, talabalar hamda ta’lim muassasalari vakillarida undan foydalanişga qiziqiş uyğotişga qaratilgan”, deyiladi izohda.

Şu maqsadda tizimning imkoniyatlarini namoyiş etuvçi tegişli videoroliklar ham tayyorlangan.

“Boş prokuratura va quyi tizimlari tomonidan talabalarni mazkur platformaga majburiy tarzda ulaş yoki platformaga ulanmagan talabalarni dars maşğulotlariga kiritmaslik böyiça biron-bir mas’ul şaxsga yoki oliy ta’lim muassasasi vakiliga topşiriq berilmagan”, deyiladi xabarda.

Özi nima böldi?

Joriy yilning 3 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonning bir neçta oliy ta’lim muassasalarida talabalardan “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatiş talab qilinayotgani, ayrim hollarda bunga rozi bölmaganlar darslarga kiritilmayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi.

Jumladan, Toşkent davlat yuridik universiteti talabalaridan biri hozirça ilovani örnatiş majburiy qilinmaganini, biroq ma’muriyat tomonidan uni yuklab oliş söralayotganini bildirgan. Boşqa bir talaba esa universitetda ilovani örnatmaganlar röyxati şakllantirilişi va ularga tanbeh berilişi haqida gap-sözlar tarqalayotganini yozgan.

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalaridan biri esa ertalabdan talabalar universitet kiriş joyida töxtatilib, ilovani örnatişga majburlanayotganini ma’lum qilgan. Uning yozişiça, ilovani örnatiş jarayonida ayrim talabalar darsga keçikkan va ularga davomat böyiça “NB” qöyilgan. Şuningdek, dars vaqtida dekan, dekan örinbosarlari va tyutorlar auditoriyaga kirib, ilovani örnatmagan talabalarni turişga majbur qilayotgani, rad javobini berganlarga tanbeh berilayotgani aytilgan.

Bundan taşqari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi ikki haftadan beri universitet kiriş joyida talabalar turli APK ilovalarini örnatişga undayotganini yozgan. Uning bildirişiça, avval ham “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatiş talabi qöyilgan.

Talabalar murojaatlarida ilovaning maqsadi va uni örnatiş zarurati yetarliça tuşuntirilmayotgani, xavfsizlikni ta’minlaş istagi talabalarni majburlaş orqali emas, tuşuntiriş işlari bilan amalga oşirilişi kerakligi ta’kidlangan.

Mazkur holat yuzasidan Ta’lim va ilm-fan vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, vazirlik rahbariyati uşbu masalani tezkor örganiş böyiça körsatma bergan. Ayni paytda işçi guruh holatni örganişni boşlagan. Şuningdek, vazirlik ta’lim jarayonining uzluksizligi va talabalarning ta’lim oliş huquqi ta’minlanişi şartligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing