“Xavfsiz talaba” mojarosi: Jahon tillari universitetida dekan işdan olindi
Jamiyat
−
16:58 3192 3 daqiqa
Avvalroq, Özbekistondagi bir neçta oliy ta’lim muassasalarida talabalardan “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatiş talab qilinayotgani, ayrim hollarda bunga rozi bölmaganlar darslarga kiritilmayotgani haqida xabar berilgan edi. Xususan, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalaridan biri ertalabdan talabalar universitet kiriş joyida töxtatilib, ilovani örnatişga majburlanayotganini ma’lum qilgandi. Uşbu holat ortidan universitetning Tarjimonlik fakulteti dekani Uluğbek Yöldoşev işdan olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilişiça, “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatiş talab qilinib, aynan uşbu fakultet talabalari darsga kiritilmagan. Buning ortidan dekan Uluğbek Yöldoşev lavozimidan ozod qilingan.
Özi nima böldi?
Bugun, 3 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonning bir neçta oliy ta’lim muassasalarida talabalardan “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatiş talab qilinayotgani, ayrim hollarda bunga rozi bölmaganlar darslarga kiritilmayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Jumladan, Toşkent davlat yuridik universiteti talabalaridan biri hozirça ilovani örnatiş majburiy qilinmaganini, biroq ma’muriyat tomonidan uni yuklab oliş söralayotganini bildirgan. Boşqa bir talaba esa universitetda ilovani örnatmaganlar röyxati şakllantirilişi va ularga tanbeh berilişi haqida gap-sözlar tarqalayotganini yozgan.
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalaridan biri esa ertalabdan talabalar universitet kiriş joyida töxtatilib, ilovani örnatişga majburlanayotganini ma’lum qilgan. Uning yozişiça, ilovani örnatiş jarayonida ayrim talabalar darsga keçikkan va ularga davomat böyiça “NB” qöyilgan. Şuningdek, dars vaqtida dekan, dekan örinbosarlari va tyutorlar auditoriyaga kirib, ilovani örnatmagan talabalarni turişga majbur qilayotgani, rad javobini berganlarga tanbeh berilayotgani aytilgan.
Bundan taşqari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi ikki haftadan beri universitet kiriş joyida talabalar turli APK ilovalarini örnatişga undayotganini yozgan. Uning bildirişiça, avval ham “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatiş talabi qöyilgan.
Talabalar murojaatlarida ilovaning maqsadi va uni örnatiş zarurati yetarliça tuşuntirilmayotgani, xavfsizlikni ta’minlaş istagi talabalarni majburlaş orqali emas, tuşuntiriş işlari bilan amalga oşirilişi kerakligi ta’kidlangan.
Mazkur holat yuzasidan Ta’lim va ilm-fan vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, vazirlik rahbariyati uşbu masalani tezkor örganiş böyiça körsatma bergan. Ayni paytda işçi guruh holatni örganişni boşlagan. Şuningdek, vazirlik ta’lim jarayonining uzluksizligi va talabalarning ta’lim oliş huquqi ta’minlanişi şartligini ma’lum qildi.
Live
Barchasi