Ulug‘bek Yo‘ldoshev Xovos tumaniga hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
07 avgust 2023
6582Ulug‘bek Yo‘ldoshev Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 7 avgust kuni Xalq deputatlari Xovos tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev tuman hokimi lavozimiga Ulug‘bek Yo‘ldoshev nomzodini tavsiya etgan.
Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Ulug‘bek Yo‘ldoshev Xovos tumani hokimi etib tasdiqlangan. Shuningdek, sessiya davomida tumanda iqtisodiyot, tadbirkorlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish borasidagi ishlar tahlil qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olingan.
Ulug‘bek Yo‘ldoshev mazkur tayinlovga qadar Sardoba tumani hokimining birinchi o‘rinbosari – tuman Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shuhrat Mirzayev Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi