Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
07 avgust 2023
7503Bugun, 7 avgust kuni Xalq deputatlari Toshkent viloyati Bekobod tumani Kengashining qaroriga ko‘ra, Shuhrat Mirzayev Shahobutdinovich Bekobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi ma’lum qildi.
U lavozimga tayinlanguniga qadar “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, Shuhrat Mirzayev 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2004 yilda Toshkent moliya institutini hamda 2007 yilda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filialini, 2009 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, Prezident tanqididan so‘ng 3 avgust kuni Bekobod tumanining sobiq hokimi Furqat Xudoyberdiyev o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.
LiveBarchasi