10 ming dollardan ziyod qalbaki pulni sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi
3-sahifa
−
10:19 382 1 daqiqa
Toşkent şahrida 10 250 AQŞ dollari miqdoridagi qalbaki pulni 7 ming dollarga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Toşkent şahar boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda fuqaro A.V. 10 250 AQŞ dollari miqdoridagi qalbaki banknotlarni fuqaro R.Z.ga 7 ming dollarga sotayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Angren şahrida qalbaki pul tayyorlaş va uni muomalaga kiritiş bilan şuğullangan ikki nafar şaxs qölga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi“Demokrat.uz” rahbari qamaldi
12 Noyabr