Samarqandda maktab direktori $400 pora bilan uşlandi
3-sahifa
−
15:01 1800 1 daqiqa
Samarqand şahridagi umumiy örta ta’lim maktabi direktori fuqaroni öqituvçi lavozimiga işga kiritiş evaziga 400 dollar olgan vaqtida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Qayd etilişiça, departamentning Samarqand şahar bölimi va huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda maktab direktori N.A. fuqaro Q.M. ni öqituvçi lavozimiga işga qabul qilişni va’da qilib, undan 400 AQŞ dollarini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan maktab direktoriga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan şahrida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filialining Yangi Namangan tumani bölimi boşliği va ustasi 2,5 ming AQŞ dollari pora olayotgan vaqtda uşlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi