Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olganlar uşlandi
3-sahifa
−
11:08 370 2 daqiqa
Samarqand va Guliston şaharlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan 6 995 dollar olgan ikki şaxs uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, DXX Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Samarqand şahrida içki turizm sohasida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi işçisi tegişli litsenziya va ruxsatnomaga ega bölmagan holda, 3 nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborişini aytib, evaziga har biri uçun 1200 AQŞ dollaridan, jami 3600 AQŞ dollari talab qilgani aniqlangan.
Tezkor tadbir davomida mazkur şaxs 3600 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Xuddi şunday holat Guliston şahrida ham kuzatilgan. Unda 1974 yilda tuğilgan şaxs Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi turfirma orqali 3 nafar fuqaroni muqaddas diniy amallarni bajariş uçun Saudiya Arabistoniga noqonuniy yuboriş evaziga jami 3300 AQŞ dollari va 1,2 million söm olgan vaqtida DXX Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan uşlangan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqandda tegişli litsenziyaga ega bölmagan sayyohlik firmasi xodimi tört kişini Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga yuboriş evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida qölga olingan edi.
Live
Barchasi