Svetlana Ortiqovaga nisbatan jiddiy ayblovlarga Bosh prokuratura javob qaytardi
3-sahifa
−
14 aprel
65903Ijtimoiy tarmoqlarda Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqovaga nisbatan jiddiy ayblovlar bildirilib, fuqaro tomonidan shikoyat qilingani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, murojaat yo‘llagan U.D. ismli ushbu shaxs Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining 2005 yil 8 apreldagi hukmiga ko‘ra Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a” bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan aybdor deb topilib, 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilingan holda 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2005 yil 7 iyundagi ajrimi bilan hukmning U.D.ga oid qismi o‘zgartirilib, ayblovdan 168-moddasi 3-qismi “a” bandi chiqarilib, 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilingan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, amnistiya aktiga asosan jazo uchdan bir qismiga qisqartirilgan.
Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2021 yil 26 martdagi ajrimi bilan sud qarorlari o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Facebook'da joylangan videoda fuqaro U.D. ko‘p marotaba murojaat yo‘llagani, ammo foydasi bo‘lmaganini aytgan.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, U.D. muqaddam qilgan murojaatlarida dastlabki tergov va sud tomonidan jinoyat ishi biryoqlama ko‘rilib, asossiz ayblanganini bildirgan bo‘lsa-da, uning yuqoridagi jinoyatlari sodir etganlikdagi aybi asosli dalillar bilan isbotlangan. Muqaddam U.D.ning mazkur mazmundagi murojaatlari asosida Bosh prokuratura tomonidan jinoyat ishi hujjatlari o‘rganilib, sud qarorlariga protest keltirish uchun asoslar topilmagan va bu haqda unga bir necha marotaba javob xati yuborilgan.
Shuningdek, U.D. qaynotasi G‘.B.ning vafot etgani yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, natijasiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida asosli qaror qabul qilingan.
LiveBarchasi