Kurs UZS

USD

12 953.20

15.09

EUR

14 058.11

-18.55

RUB

151.13

1.14

Yaxshi bahoga o‘qiydigan talabalarga qo‘shimcha grant ajratiladi

Jamiyat

image

Davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirib, muayyan o‘quv yili bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 4 va undan yuqori bo‘lgan, ijtimoiy toifadagi talabalarga 2025-2026-o‘quv yili uchun qo‘shimcha davlat granti taqdim etiladi. Bu haqdagi hukumat qarori joriy yilning 10 mart kuni qabul qilindi.

Ma’lum qilinishicha, bunda talabgorlar o‘z arizalari bilan har yili 20 iyulga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari har yili 25 iyulga qadar akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash bo‘yicha komissiya tomonidan GPA ko‘rsatkichi 4 va undan yuqori ekanligi, ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya tomonidan haqiqatda talabgorning belgilangan toifadagi talaba ekanligi ko‘rib chiqilib, baholanadi.

Shuningdek, qo‘shimcha davlat granti taqdim etilgan talabalar har yili 5 sentyabrga qadar oliy ta’lim tashkiloti tomonidan xabardor qilinadi.

Qolaversa, bunday qo‘shimcha davlat granti beriladigan toifalar ro‘yxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq GPA ko‘rsatkichi 3,5 dan yuqori talabalar davlat grantiga talabgor bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, grantga kirgan talaba yaxshi o‘qimasa, kontraktga tushishi mumkin. Yoki aksincha, kontraktga kirgan talaba yaxshi o‘qisa, grantga o‘tishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

talaba oliy ta'lim grant GPA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing