Husanovning Manchesterda qanday avtomobilda yurishi aniq bo‘ldi (video)

Sport

−

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Manchester shahrida BMW i4 avtomobilida mashg‘ulotlarga keladi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Omar Marmush – Mercedes-Benz G-class, Bernardo Silva – Mercedes-Benz GLE, Matteo Kovachich – Aston Martin DBX, Matteus Nunes – Mercedes-Benz G-Class, Jeremi Doku – Mercedes-Benz G-Class, Fil Foden – Mercedes-Benz G-Class, Niko Gonsales – Mercedes-Benz AMG, Jek Grilish – Lamborghini Urus avtomobilidan mashg‘ulotlarga kelgani tasvirlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov Toshkentga kelganida unga o‘zbek futboli funksioneri Ulug‘bek Asanboyev Mercedes-Benz G-class, ya’ni “Gelik” avtomobili sovg‘a qilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, BMW i4 avtomobilining narxi 61 ming dollar, ya’ni 793 million so‘m hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing