Husanov APLda tezlikda eng köp masofa bosib ötgan futbolçi böldi
Sport
−
12:07 534 2 daqiqa
Özbekiston milliy terma jamoasi va “Mançester Siti” klubi himoyaçisi Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasining 10-turida boşqa har qanday futbolçiga qaraganda 21 foiz köproq masofa bosib ötdi. Bu haqda “STATSports” naşri xabar berdi.
“Mançester Siti” safida töp surayotgan 22 yoşli futbolçi joriy yilning 7 noyabr kuni “Nottingem Forest”ga qarşi bahsda töliq 90 daqiqa harakat qildi. Uçraşuvda uning jamoasi 1:3 hisobida mağlub böldi. Biroq şunga qaramay, Husanov “Mançester Siti”ning eng yaxşi futbolçilaridan biri böldi.
Abduqodir Husanov “Nottingem Forest”ga qarşi uçraşuvda sprint orqali 703 metr masofani bosib ötdi. Bu Premer-liganing 10-turida barça futbolçilar orasida qayd etilgan eng yuqori körsatkiç böldi.
Özbekistonlik futbolçi uşbu bahsda sprint masofasi böyiça tur doirasida maydonga tuşgan boşqa har qanday futbolçidan 21 foiz köproq natija körsatdi.
Bundan taşqari, Husanov uşbu turda raqib jarima maydonçasi içiga eng köp muvaffaqiyatli töp uzatgan futbolçi ham böldi. Husanov mazkur bahsda raqib jarima maydoni içiga 16 marta aniq töp uzatgan.
Ma’lumot uçun, Premer-liganing 10 ta turidan söng “Mançester Siti” 21 oçko bilan ikkinçi örinda bormoqda. Jamoa peşqadam “Arsenal”dan 6 oçko ortda qolgan. “Şaharliklar” çempionatdagi keyingi uçraşuvini joriy yilning 21 noyabr kuni öz maydonida “Fulxem”ga qarşi ötkazadi.
Live
Barchasi