Husanovning Manchesterda qanday avtomobilda yurishi aniq bo‘ldi (video)
Sport
−
14 aprel 2025 33903 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Manchester shahrida BMW i4 avtomobilida mashg‘ulotlarga keladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Omar Marmush – Mercedes-Benz G-class, Bernardo Silva – Mercedes-Benz GLE, Matteo Kovachich – Aston Martin DBX, Matteus Nunes – Mercedes-Benz G-Class, Jeremi Doku – Mercedes-Benz G-Class, Fil Foden – Mercedes-Benz G-Class, Niko Gonsales – Mercedes-Benz AMG, Jek Grilish – Lamborghini Urus avtomobilidan mashg‘ulotlarga kelgani tasvirlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Husanov Toshkentga kelganida unga o‘zbek futboli funksioneri Ulug‘bek Asanboyev Mercedes-Benz G-class, ya’ni “Gelik” avtomobili sovg‘a qilgandi.
Ma’lumot o‘rnida, BMW i4 avtomobilining narxi 61 ming dollar, ya’ni 793 million so‘m hisoblanadi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025