Şomurodov terma jamoa safiga bir kundan keyin qöşildi

Sport

−

image

Oilaviy sabablarga köra Özbekiston milliy terma jamoasi iştirokidagi yiğinning dastlabki kunlarini ötkazib yuborişi aytilgan Eldor Şomurodov bugun, 10 noyabr kuni jamoa ixtiyoriga yetib keldi. Bu haqda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Avvalroq, Eldor Şomurodov oilaviy sabablarga köra yiğinning dastlabki kunlarini ötkazib yuborişi ma’lum qilingandi. Şu tariqa, futbolçi terma jamoa yiğiniga bir kun keçikib qöşildi.

Şuningdek, Abduqodir Husanov noyabr oyidagi yiğinda iştirok etmaydi. Terma jamoaning murabbiylar va tibbiy ştablari himoyaçining holatini inobatga olgan holda, tiklaniş jarayonini davom ettirişi uçun uni yiğinda iştirok etmaslikka qaror qilgan.

Ma’lumot uçun, Özbekiston milliy terma jamoasi joriy FIFA kunlari doirasida Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarşi xalqaro örtoqlik uçraşuvlarida iştirok etadi.

Rossiya terma jamoasiga qarşi bahs joriy yilning 12 noyabr kuni Toşkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida bölib ötadi. Uçraşuv soat 20:00 da boşlanişi belgilangan. Saudiya Arabistoniga qarşi bahs esa joriy yilning 17 noyabr kuni Dohada bölib ötadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq noyabr oyidagi yiğin uçun Özbekiston milliy terma jamoasining yakuniy tarkibi e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing