Husanov APL 10-turining eng yaxşi körsatkiçiga erişdi

Sport

−

image

Özbekiston milliy terma jamoasi va “Mançester Siti” klubi himoyaçisi Abduqodir Husanov Angliya Premer-ligasining 10-turida raqib jarima maydonçasi içiga eng köp muvaffaqiyatli töp uzatgan futbolçi böldi. Bu haqda “Squawka” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, Abduqodir Husanov “Nottingem Forest”ga qarşi keçgan uçraşuvda raqib jarima maydonçasiga aniq paslar beriş borasida APLdagi barça futbolçilarni ortda qoldirgan. Husanov mazkur bahsda raqib jarima maydoni içiga 16 marta aniq töp uzatgan.

Undan keyingi örinni “Brayton” himoyaçisi Lyuis Dank egallagan. U tur doirasidagi uçraşuvda 13 marta raqib jarima maydoniga aniq pas bergan. Keyingi örinlardan esa Brunu Fernandeş va Romeo Lavia joy olgan. Har ikki futbolçi ham 11 tadan aniq uzatmani amalga oşirgan.

Ma’lumot uçun, Angliya Premer-ligasining 10-turida “Mançester Siti” safarda “Nottingem Forest”ga kutilmaganda 1:3 hisobida mağlub bölgandi.

Uşbu bahsda Husanov töliq 90 daqiqa harakat qildi. “Flashscore” portaliga köra, Abduqodir öyinda 7,4 ball bilan “Mançester Siti”ning eng yaxşi futbolçisi bölgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing