Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Kontraktda o‘qiyotgan talabalarni davlat grantiga o‘tkazish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

Endi GPA ko‘rsatkichi 3,5 dan yuqori talabalar davlat grantiga talabgor bo‘lishi mumkin. Bu haqda hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda so‘z boradi.

Nizomga ko‘ra, ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirishi ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti o‘rni vakant qoladi.

Qolaversa, ta’lim grantiga talabgorlar uchun oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratiladi.

Shu bilan birga, ta’lim grantiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari mutanosib tarzda 80 ballik mezonda baholanadi, bunda GPA ko‘rsatkichini 16 soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.

“Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi 20 ballik mezonda baholanadi, bunda baholash mezoniga asosan hisoblangan natijani 5 soniga bo‘lish orqali aniqlanadi”, deyiladi nizomda.

Qayd etilishicha, belgilangan ta’lim granti o‘rinlari doirasida tanlov chegarasida bir xil natija ko‘rsatgan talabgorlarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga ustuvorlik beriladi. Agar o‘zlashtirish ko‘rsatkichida ham bir xil natija aniqlangan holatda mazkur talabgorlar uchun o‘zlashtirilgan semestrlarda o‘tilgan mutaxassislik fanlaridan test sinovlari o‘tkaziladi.

Oliy ta’lim tashkiloti kengashining qaroriga asosan ta’lim grantini oluvchi talabalar ro‘yxati har yili 25 avgustga qadar oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanishi haqida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, grantga kirgan talaba yaxshi o‘qimasa, keyingi yil kontraktga tushishi mumkin. Yoki aksincha, kontraktga kirgan talaba yaxshi o‘qisa, keyingi yili grantga o‘tishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

talaba Oliy ta'lim Kontrakt davlat granti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing