64 ming dollarlik kripto-aktivlarni aylantirgan talaba uşlandi

3-sahifa

−

image

Toşkentda 2008 yilda tuğilgan talaba litsenziyasiz kripto-birja faoliyatini yuritib, 64 715 dollarga teng kripto-aktivlar oldi-sotdisini amalga oşirgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Aniqlanişiça, Toşkent tumanida yaşovçi, poytaxtdagi nufuzli davlat oliy ta’lim muassasalaridan birida tahsil oluvçi fuqaro 2025 yil dekabr oyidan 2026 yil oktyabr oyiga qadar “Bitget” kripto-birjasi platformasida litsenziyasiz faoliyat yuritgan.

U şu vaqt davomida jami 64 715 dollarga teng kripto-aktivlar oldi-sotdisini amalga oşirgan. Bundan taşqari, u Telegram messenjerida 140 ta xorijiy davlatning virtual telefon raqamlarini sotiş bilan ham şuğullangan.

Şuningdek, uning kripto-hamyonida 450 dollarga teng kripto-aktivlar mavjudligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğona viloyatida bir neçta kripto-birja orqali 2,5 trillion sömlik kripto-aktivlar aylanmasini amalga oşirgan şaxs qölga olingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing