Suvaysh kanali Ever Given egasi bilan kelishuvga erishdi 

Olam

image

Suvaysh kanali rahbariyati joriy yilning mart oyida kanalga tiqilib qolgan Ever Given konteyner kemasi egasi bilan kelishuvga erishdi. Ma’lum bo‘lishicha, kema egasi (kompaniya —tahr.) suv yo‘liga yetkazilgan zarar uchun 540 million dollar tovon puli to‘laydi. Bu haqda “Al Arabiya” telekanali manbalariga asoslanib xabar bergan.  

Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, “prinsipial bitim imzolangan”, ya’ni, ikkala tomon ham shikoyatlardan bosh tortgan. Boshqa tafsilotlar hozircha taqdim etilmagan. 

Xabarga ko‘ra, 23 iyun kuni suv yo‘li rahbari Usama Rabiya Suvaysh kanali rahbariyati Ever Given egasi bilan ikkala tomonga ham mos keladigan kelishuvga erishganini aytgandi. 

Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni Xitoydan Rotterdamga ketayotgan 400 metr uzunlikdagi Ever Given kemasi Suvaysh kanalining 151-kilometrida sayozlikka o‘tirib qolgandi. U oradan 6 kun o‘tibgina suvga qaytarildi. Kanal to‘silib qolganida 400 dan ortiq kemadan iborat navbat yuzaga keldi. 

Kanal rahbariyati kema egasidan yetkazilgan zarar uchun 916 million dollar miqdorida tovon puli to‘lashni hamda konteyner kemasini quruqlikdan olib chiqish xarajatlarini talab qilgandi. May oyida kanal rahbariyati garov sifatida 200 million dollar naqd pul bilan to‘lanishi sharti bilan tovon puli miqdorini 550 million AQSH dollarigacha kamaytirishga rozi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suvaysh Ever Given

Baholaganlar

151

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing