Dunyo savdo “qon tomiri”ni to‘sib qo‘ygan Ever Given nihoyat manziliga yetib oldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning mart oyida Suvaysh kanalining 151-kilometrida sayozlikka o‘tirib qolgan Ever Given konteyner kemasi Niderlandiyaning Rotterdam portiga yetib keldi. Bu haqda Gollandiya teleradioeshittirish korporatsiyasiga asoslanib xabar berilgan.  

Ta’kidlanishicha, Ever Given Rotterdamga deyarli to‘rt oy kechikib kelgan. Uzoq muddatli sud ishlaridan so‘ng, konteyner kemasi joriy yilning 7 iyul kuni Misrning hududiy suvlaridan chiqib, belgilangan manzilga yo‘l olgan. 

Port ma’muriyatining ma’lumotlariga ko‘ra, kemaning bortida qisman Niderlandiya bozoriga mo‘ljallangan mollar bo‘lgan 14 mingga yaqin konteyner mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni Xitoydan Rotterdamga ketayotgan 400 metr uzunlikdagi Ever Given kemasi Suvaysh kanalining 151-kilometrida sayozlikka o‘tirib qolgandi. U oradan 6 kun o‘tibgina suvga qaytarildi. Kanal to‘silib qolganida 400 dan ortiq kemadan iborat navbat yuzaga keldi.  

Kanal rahbariyati kema egasidan yetkazilgan zarar uchun 916 million dollar miqdorida tovon puli to‘lashni hamda konteyner kemasini quruqlikdan olib chiqish xarajatlarini talab qilgandi. May oyida kanal rahbariyati garov sifatida 200 million dollar naqd pul to‘lanishi sharti bilan tovon puli miqdorini 550 million AQSH dollarigacha kamaytirishga rozi bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Misr Suvaysh Rotterdam

Baholaganlar

156

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing