Suvaysh kanali Ever Given’ni qachon ozod qilishi ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

Avvalroq, Suvaysh kanali rahbariyati joriy yilning mart oyida kanalga tiqilib qolgan Ever Given konteyner kemasi egasi bilan kelishuvga erishgani haqida xabar bergandik.  

Ma’lum bo‘lishicha, musodara qilingan kema joriy yilning 7 iyul kuni kanaldan chiqib ketadi. Bu haqda “Reuters” xabar bergan. Ta’kidlanishicha, shu kuni Suvaysh kanali ma’muriyati va kemaga egalik qiluvchi kompaniya o‘rtasida bitim imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni Xitoydan Rotterdamga ketayotgan 400 metr uzunlikdagi Ever Given kemasi Suvaysh kanalining 151-kilometrida sayozlikka o‘tirib qolgandi. U oradan 6 kun o‘tibgina suvga qaytarildi. Kanal to‘silib qolganida 400 dan ortiq kemadan iborat navbat yuzaga keldi. 

Kanal rahbariyati kema egasidan yetkazilgan zarar uchun 916 million dollar miqdorida tovon puli to‘lashni hamda konteyner kemasini quruqlikdan olib chiqish xarajatlarini talab qilgandi. May oyida kanal rahbariyati garov sifatida 200 million dollar naqd pul bilan to‘lanishi sharti bilan tovon puli miqdorini 550 million AQSH dollarigacha kamaytirishga rozi bo‘lgandi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kemaga egalik qiluvchi kompaniya suv yo‘liga yetkazilgan zarar uchun 540 million dollar tovon puli to‘laydi.


Maqola muallifi

Teglar

kema Suvaysh

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing