Suvaysh kanalida konteyner kemasi ag‘darilib ketdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

353 metrlik Maersk Emerald konteyner kemasi dvigateldagi muammolar tufayli Misrning Ismailiya shahri yaqinidagi Suvaysh kanalida ag‘darilib ketdi. Bu haqda Suvaysh kanali ma’muriyatining Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.  

Kanal ma’muriyati rahbari Usama Rabianing so‘zlariga ko‘ra, Suvaysh kanalida ag‘darilib ketgan Maersk Emerald konteyner kemasi shatakka olinib, portga olib borilgan.

“Kanal rahbariyati zudlik bilan chora ko‘rdi. Qutqaruv operatsiyasida “Baraka” kemasi boshchiligidagi to‘rtta shatakchi kema qatnashdi, ular birgalikda konteyner kemasini harakatga keltirishga yordam berdi”, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, operatsiya davomida kanal orqali umumiy sig‘imi 3,6 million tonnani tashkil etgan 68 ta kema o‘tgan. 

Rabianing so‘zlariga ko‘ra, navigatsiya harakati umuman o‘zgarmagan, chunki shimol tomon yo‘nalgan kemalar zudlik bilan Suvaysh kanalining yangi qismi orqali sharqiy yo‘nalishni aylanib o‘tishga yo‘naltirilgan. Maersk Emerald shatakka olinib, portga yetkazilgandan keyin harakatni davom ettirgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 mart kuni Xitoydan Rotterdamga ketayotgan 400 metr uzunlikdagi Ever Given kemasi Suvaysh kanalining 151-kilometrida sayozlikka o‘tirib qolgandi. U oradan 6 kun o‘tibgina suvga qaytarildi. Kanal to‘silib qolganida 400 dan ortiq kemadan iborat navbat yuzaga keldi.


Maqola muallifi

Teglar

kema Suvaysh

Baholaganlar

270

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing