Ever Given'dan olingan saboq: Misr Suvaysh kanalini kengaytirishni boshladi

Olam

image
Ever Given Suvaysh kanali ma’muriyatiga qancha tovon puli to‘lamoqchi? north_east

Ever Given Suvaysh kanali ma’muriyatiga qancha tovon puli to‘lamoqchi?

Misrdagi Suvaysh kanali ma’muriyati (SCA) bugun, 15 may kuni kanalni chuqurlashtirish va kengaytirish ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Bunga mart oyida ulkan konteyner kemasi sayozlika o‘tirib qolgani va olti kun davomida yo‘lni to‘sib qo‘ygani sabab bo‘ldi.

General-leytenant Usoma Rabiy SCA boshqaruvi raisi so‘zlariga ko‘ra, chuqurlashtirish ishlari kanalning janubiy qismida Ever Given kemasi o‘tirib qolgan hudud yaqinida olib borilyapti. 

Yangi loyiha bir necha bosqichda amalga oshiriladi. Umumiy hisobda shimoliy uchastkani 10 km uzaytirish va janubiy qismni chuqurlashtirish reja qilingan.

Hozirda Suvaysh kanalining uzunligi 193,3 kilometrni va chuqurligi 24 metrni tashkil etadi. Amalda u ikki qismdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni Xitoydan Rotterdamga ketayotgan 400 metr uzunlikdagi Ever Given kemasi Suvaysh kanalining 151-kilometrida sayozlikka o‘tirib qolgandi. U oradan 6 kun o‘tibgina suvga qaytarildi. Kanal to‘silib qolganida 400 dan ortiq kemadan iborat navbat yuzaga keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Misr Suvaysh kanali Ever Given

Baholaganlar

162

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing