Ever Given Suvaysh kanali ma’muriyatiga qancha tovon puli to‘lamoqchi?

Olam

image

Ever Given konteyner kemasi sug‘urta qilingan UK P&I Club kompaniyasi Suvaysh kanali ma’muriyatining (SCA) 916 million dollar miqdoridagi tovon puli to‘g‘risida da’vosini asossiz deb hisoblaydi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berilgan.  

Kompaniyaning Ever Given'ni musodara qilinishi to‘g‘risidagi qarordan ham hafsalasi pir bo‘lgan. 

"Suvaysh kanali ma’muriyatining kemani hibsga olish to‘g‘risidagi qaroridan hafsalamiz pir bo‘ldi. Shuningdek, SCA’ning kema tovon puli to‘lamaguncha Misrda qoladi va uning ekipaji ushbu vaqt ichida kemani tark eta olmaydi, degan mulohazalari bizni xafa qildi", deyilgan xabarda. 

Sug‘urta kompaniyasiga ko‘ra, kanal ma’muriyati "o‘ta katta" tovon puli talab qilayotganini asoslamagan. 

UK P&I Club ma’lumotlariga ko‘ra, 300 million dollar kanal ma’muriyatiga kemani "qutqarganligi uchun bonus" sifatida, yana 300 million dollar esa uning obro‘siga yetkazilgan zarar uchun tovon puli sifatida to‘lanishi kerak. 

Avvalroq, Misrning Ismoiliya shahar iqtisodiy masalalar bo‘yicha sudi Ever Given konteyner kemasini musodara qilishga qaror qilgani haqida xabar bergandik.  

Ma’lumot o‘rnida, 23 mart kuni Xitoydan Rotterdamga yo‘l olgan Ever Given konteyner kemasi Suvaysh kanalidagi transport harakatini butunlay to‘sib qo‘ydi. 

Natijada bir necha yuzlab kemalar navbatda to‘plandi. 29 mart kuni kema farvaterga qaytarildi, ammo noqulay ob-havo tufayli u yana tiqilib qoldi. O‘sha kuni kechqurun esa navigatsiya to‘liq tiklandi.


Maqola muallifi

Teglar

kema Suvaysh

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing