Suvaysh kanaliga ulkan kema tiqilib qolishi oqibatida tirbandlik yuzaga keldi

Olam

image

Joriy yil 24 martga o‘tar kechasi Xitoydan Niderlandiyaga yo‘l olgan konteynerlarni tashuvchi eng yirik kemalardan biri Ever Given Suvaysh kanaliga tiqilib qoldi.  

Konteyner kemasi Suvaysh kanalidagi harakatni butunlay to‘sib qo‘ygan. 

Ayni paytda kema atrofida dengiz tubini chuqurlashtirish ishlari boshlangan.  

Drenajlash ishlari kemaning perimetri bo‘ylab ekskavatorlar yordamida amalga oshiriladi. Ular konteyner kemasining old qismidagi qumlarni olib tashlaydigan ekskavatorlarni va uni kanalning chuqur qismiga tortib olishga harakat qilayotgan ulkan arqonlarni o‘z ichiga oladi. 

Shuningdek, Kanallarni boshqarish idorasi Gollandiyaning SMIT kompaniyasi misrlik mutaxassislarga maslahat berishini kutmoqda. 

SMIT kompaniyasi mutaxassislari Ever Given to‘xtagan maydonga yetib kelgan va kemani olib tashlashning mumkin bo‘lgan ssenariylarini muhokama qilish uchun yig‘ilishda qatnashgan. 

Dastlab kemalar qatnaydigan yo‘lni ochish bo‘yicha ishlar ikki-uch kun davom etadi, deb taxmin qilingan. Biroq, mutaxassislari ayni paytda Ever Given’ni sayozlikdan chiqarib olishga urinayotgan Boskalis kompaniyasi rahbari Piter Berdovskining aytishicha, bunga haftalab vaqt ketishi mumkin. 

"Bizga turli xil usullarni birlashtirish kerak bo‘lishi mumkin, masalan, kemadan konteynerlarni, yoqilg‘i va suvni olish, shatakchilardan foydalanish va qumni yuvib yuborish kabi", deb ta’kidlagan u. 

Suvaysh kanalida kemalar harakati to‘xtab qolgani oqibatida hozirda yirik tirbandlik yuzaga kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Suvaysh kanali hududida jami 150 ta kemaning harakati to‘silib qolgan. 

Ta’kidlanishicha, Suvaysh kanalining to‘silib qolishi oqibatidagi zarar kuniga 9,5 milliard dollarga tushmoqda. 

Ekspertlarga ko‘ra, kanalga tiqilib qolgan yuk kemasi kuniga 9,5 milliard dollarlik yuklar, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari va neft yetkazib berilishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Suvaysh kanali Yevropani Osiyo bilan bog‘lovchi muhim transport yo‘lagi hisoblanadi. Kanal O‘rta yer dengizidagi Port-Said shahridan boshlanib, Qizil dengizdagi Suvaysh portida nihoyasiga yetadi. Kanal ma’muriyati Port-Fuadda joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

kema Suvaysh

Baholaganlar

237

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing