Misr Prezidenti Suvaysh kanali ochilganini ma’lum qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Misr rasmiylari Ever Given konteyner kemasi to‘sib qo‘ygan Suvaysh kanalini ochish bo‘yicha operatsiyani muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda Misr Prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi ma’lum qilgan. 

"Bugun misrliklar ko‘plab texnik qiyinchiliklarga qaramay, Suvaysh kanalidagi Ever Given kemasi bilan bog‘liq inqirozni tugatishga muvaffaq bo‘ldi", deb yozgan Prezident Twitter'da. 

Shu bilan birga, u ushbu operatsiyada qatnashgan barcha mamlakat aholisiga minnatdorchilik bildirgan. 

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, endi dunyo hamjamiyati Suvaysh kanali orqali tovarlarni bemalol olib o‘tishga ishonch hosil qilishi mumkin. 

Avvalroq, Suvaysh kanalida tiqilib qolgan Ever Given konteyner kemasi sayozlikdan tortib olinib, shimol tomon yo‘lga tushgani haqida xabar bergandik.  

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 martga o‘tar kechasi Xitoydan Niderlandiyaga yo‘l olgan konteynerlarni tashuvchi eng yirik kemalardan biri Ever Given Suvaysh kanaliga tiqilib qoldi.  Shu munosabat bilan 450 dan ortiq kemalarning tirbandligi yuzaga keldi.   

Ma’lumot o‘rnida, Suvaysh kanali Yevropani Osiyo bilan bog‘lovchi muhim transport yo‘lagi hisoblanadi. Kanal O‘rta yer dengizidagi Port-Said shahridan boshlanib, Qizil dengizdagi Suvaysh portida nihoyasiga yetadi. Kanal ma’muriyati Port-Fuadda joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

kema Suvaysh

Baholaganlar

80

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing