Suriyada zilzila qurbonlari soni 8,5 ming kishiga yetdi

Olam

image

Suriyada zilzila oqibatida 8,5 ming odam halok bo‘ldi, 10 mingga yaqin kishi jarohatlandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Sharqiy O‘rtayer dengizi byurosi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha direktori Rik Brennan ma’lum qildi.

“Aniq raqamlarni aytish qiyin, ular kundan-kunga oshib bormoqda. Ammo bugun, biz bilganimizcha, Suriya hukumati nazorati ostidagi hududlarda 4000 ga yaqin odam halok bo‘lgan va 2500 ga yaqin odam yaralangan. Suriya shimoli-g‘arbida 4500 ga yaqin halok bo‘lgan, shuningdek, 7500 ga yaqin odam jarohatlangan”, deydi u.

Brennanning qo‘shimcha qilishicha, bu raqamlar o‘sishda davom etadi. Shuningdek, u hozirgacha binolarning qulashi davom etayotganini, bu esa ofat qurbonlari sonini ko‘paytirayotganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Kipr Respublikasi va Iroqda ham sezildi.

Kecha, 12 fevral kuni Hindiston zilziladan jabr ko‘rgan Suriyaga 23 tonnadan ortiq gumanitar yordam yetkazib berdi.

Yevropa Ittifoqi va G‘arb davlatlari esa zilziladan so‘ng Suriyaga gumanitar yordam ko‘rsatishdan bosh tortdi. 


Maqola muallifi

Teglar

qurbonlar Suriyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing