“Straus House” ta’sischisiga nisbatan navbatdagi jinoiy ish ochilishi kutilmoqda (video)
Jamiyat
−
04 mart 2020
14014Joriy yilning, 27 fevral kuni “Straus House” mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayonlari boshlangani haqida xabar bergan edik. Suddan so‘ng “Straus House” MCHJ ta’sischisi Ibrohim Isroilov QALAMPIR.UZ’ga intervyu berib, tergov jarayonida tergovchilar undan 1 million AQSH dollari talab qilgani, tazyiq o‘tkazgani va televideniyeda yolg‘on intervyu berishga undagani haqida gapirgan edi.
Uning iddaolariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti ham tezkor munosabat bildirib, Isroilov tuhmat qilgani uchun qonun oldida javob berishini ma’lum qildi.
“Straus House” MCHJga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha bir qator tergov harakatlari o‘tkazilib, 2019 yilning dekabr oyida jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan. Ommaviy axborot vositalari orqali Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudida jinoyat ishining dastlabki sud jarayonlari boshlaganiga guvoh bo‘ldik.
Ommaviy axborot vositalari orqali tergov organi tomonidan Isroilov Ibrohim Ravshan o‘g‘lidan 1 million AQSH dollari unga yengilliklar qilish uchun talab qilingani haqidagi gaplarni eshitdim. Albatta, bu bo‘hton va tuhmatdan boshqa narsa emas. Sababi, dastlabki tergov davomida o‘tkazilgan har bir tergov harakatlari ularning himoya huquqlari ta’minlangan holda, ya’ni himoyachilarning ishtiroki bilan to‘liq o‘tkazilgan. Isroilov Ibrohimning ushbu sudda ko‘rsatgan ko‘rsatmalari mutlaqo noto‘g‘ri.
Ibrohim Isroilovga 2019 yilning 25 sentyabr kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan vaqtida, unga tegishli bo‘lgan, ya’ni ta’sischiligidagi “Straus House” MCHJning hisob raqamida 3 million so‘mdan ortiq puli bo‘lgan”, deydi Tergov departamenti bo‘lim boshlig‘i Inomjon Ismatov.
Tergov departamenti vakili so‘zida davom etarkan, Isroilov tuhmat uchun qonun oldida javob berishini eslatdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasida tuhmat qilish, ommaviy axborot vositalari orqali uydirma va bo‘htonlar tarqatish uchun ham jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. Albatta, biz bu ko‘rsatma bo‘yicha tegishli idoralarga murojaat qilish huquqiga egamiz va ushbu huquqimizdan foydalanamiz”, deydi Inomjon Ismatov.
LiveBarchasi