5 nafar Ukraina fuqarosi O‘zbekistonda qamoqqa olindi
3-sahifa
−
01 dekabr 2021
20751O‘zbekistonda 5 nafar xorij fuqarosida odamlarni chuv tushirishda ayblanib, javobgarlikka tortildi. Ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15 yanvar kuni Ukraina fuqarosi bo‘lgan 29 yashar M.M. Toshkent shahrida “Golden Cash store” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasini ta’sis etgan. U bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirib, korxonaning asosiy faoliyat turi chakana savdo bo‘lsa-da, 2020 yil yanvar oyidan fuqarolar orasida va internet tarmog‘i orqali ushbu korxonadan tilla va kumush buyumlarni sotib olish yo‘li bilan yillik 260 % gacha daromad berib borish bilan qiziqtirgan holda targ‘ibot-tashviqot ishlarini uyushtirgan. Fuqarolardan pul mablag‘larni qabul qilib, mijozlar oldidagi majburiyatlarini yangi mijozlar hisobidan go‘yoki daromad sifatida plastik kartalariga ma’lum miqdorda pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan qiziqtirib, respublika bo‘yicha ko‘plab fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan.
Joriy yilning 17 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan “Golden Cash store” MCHJ ko‘rinishdagi xorijiy korxona mansabdor xodimiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 1881-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayni vaqtda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha fuqarolarga yetkazilgan zararni aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida chet el fuqarolari M.M., V.K., S.T., A.S. va X.Sh.ga 1881-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari bilan ayblov e’lon qilinib, har biriga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergovni O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti olib bormoqda.
LiveBarchasi