Toshkentda tanishining nomaqbul foto va videolarini tarqatmaslik uchun pul talab qilgan yigit ushlandi
3-sahifa
−
18 dekabr 2021
9039Joriy yilning 14 dekabr kuni Toshkentda fuqaroning sha’niga putur yetkazadigan foto va videolarni ijtimoiy tarmoqqa tarqatmaslik uchun undan pul talab qilgan yigit ushlandi.
Tergov departamenti ma’lumotiga ko‘ra, 14 dekabr kuni Namangan viloyatida yashovchi 27 yoshli A.I. Yakkasaroy tuman IIO FMB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda 2021 yil 11 dekabr kuni 21 yoshli J.Z. uni sha’niga putur yetkazadigan foto va video tasvirlarni Instagram’ga joylashtirmaslik evaziga 5 000 000 so‘m miqdorida pul talab qilayotganini va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Shu kunning o‘zida A.I.ning arizasi bo‘yicha o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida J.Z. Yakkasaroy tumani Sh.Rustaveli ko‘chasidagi supermarket oldida A.I.dan 100 AQSH dollari va 500 000 so‘m pulni olayotgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan J.Z. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.
Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, J.Z. oldin xam A.I.ning sha’niga putur yetkazadigan foto va video tasvirlarni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirmaslik evaziga undan tovlamachilik yo‘li bilan 4 000 000 so‘m miqdorida pul olgani, bundan tashqari uning boshqa xarajatlari uchun pul to‘lab kelgani aniqlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi