Qibrayda uch kishi tanishini do‘pposlab, o‘ldirib qo‘ydi
Jamiyat
−
11 iyun 2020
13159Joriy yilning 8 iyun kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida janjal oqibatida bir odam kaltaklanib, o‘ldirildi. Bu haqda IIV huzurida Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
8 iyun kuni soat taxminan 23:00 da fuqaro 30 yoshli Sh.K. tanishlari 27 yoshli Sh.R. va 26 yoshli B.A. bilan bir guruh bo‘lib, Qibray tumani Yoshlik ko‘chasida o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan 27 yoshli D.B., bilan o‘rtalarida yuzaga kelgan og‘zaki kelishmovchilik natijasida janjallashib qolishgan. Janjal vaqtida ular D.B.ni bosh-yuz sohasi va tanasining turli joylariga qo‘l va oyoqlari bilan bir necha marotaba urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazishgan.
Natijada D.B. og‘ir tan jarohati olib, hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.
Holat yuzasidan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar Sh.K., Sh.R. va B.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu fuqarolar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
26 noyabr