Uchta viloyatda Tergov boshqarmasiga yangi boshliqlar tayinlandi
Jamiyat
−
10 dekabr 2020
7619O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Tergov departamenti tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Oqil Hasanov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Shohruh Sharipov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Guliston shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Zohidjon Qayumov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
LiveBarchasi