“Straus House”dan jabrlanganlarga pullarini qaytarish ishlari boshlanyapti
Jamiyat
−
20 Sentabr 2020
8129“Straus House” MCHJ mansabdorlarining jinoiy harakati natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarga pullarini qaytarish ishlari boshlanmoqda. Bu haqda Majburiy ijro byurosining matbuot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining hukmi bilan “Straus House” MCHJ mansabdor shaxslari I.Isroilov va boshqalarning harakatlari oqibatida, jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan 347 nafar fuqarolarga 7 mlrd 100 mln so‘mdan ortiq moddiy zararlarni undirib berilishi yuzasidan ijro hujjatlari 18 sentyabr kuni kelib tushgan.
Hozirda, “Straus House” MCHJ mansabdor shaxslari I.Isroilov va boshqalarning jinoiy harakatlari natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarga zararni undirish bo‘yicha kelib tushgan ijro hujjatlariga asosan moddiy zararlarni jabrlanganlarning hisob-raqamlariga o‘tkazishda maqsadida, Majburiy ijro byurosi tomonidan hududlarda ishchi guruhlar tashkil etildi.
“Straus House” MCHJ jabrlangan fuqarolar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik pasporti) hamda plastik kartochkalari bilan 21 sentyabrdan boshlab soat 9:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi manzillarga murojaat qilishlari so‘ralgan:
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyul kuni “Straus House” MCHJ mansabdorlariga sud hukmi o‘qilgandi. Unga ko‘ra, kompaniya mansabdorlariga turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish va ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi.
LiveBarchasi