Ertaga “Straus House” mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud boshlanadi
Jamiyat
−
26 fevral 2020
6014Ertaga, 27 fevral kuni soat 10:30 da jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi binosida sudlanuvchilar – “Straus House” MCHJ ta’sischisi I.Isroilov, “Straus House” MCHJ direktori A.Maxmutaliyev, “Straus House” MCHJ direktori o‘rinbosari D.Qutpiddinov va MCHJ bosh hisobchisi O.Saidovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasi O.Ilhomjonov raisligida ko‘rib chiqiladi.
Sudlanuvchilar I.Isroilov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismining “b” bandi, 168-moddasi 4-qismining “v” bandi, 168-moddasi 4-qismining “a”, “v” bandlari, 184-moddasi (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) ning 3-qismi, 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) ning 1-qismi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismining “a” bandi va 238-moddasi (yolg‘on guvog‘lik berish) 3-qismining “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan;
A.Maxmutaliyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismining “v” bandi, 168-moddasi 4-qismining “a”, v” bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasining 1-qismi, 227-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan;
D.Qutpiddinov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismining “v” bandi, 168-moddasi 4-qismining “a”, v” bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasining 1-qismi, 227-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan;
O.Saidov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismining “v” bandi, 168-moddasi 4-qismining “a”, “v” bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasining 1-qismi, 227-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jinoyat ishida ishtirok etishga jalb qilingan va unga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha 300 dan ortiq jabrlanuvchi va fuqaroviy da’vogarlar mavjud.
Ayblov xulosasi bo‘yicha moddiy zarar miqdori 7 906 800 200 so‘m bo‘lib, shundan dastlabki tergov mobaynida 1 845 800 000 so‘m miqdorini bartaraf etish chorasi ko‘rilgan.
Dastlabki tergovda xatlangan mol-mulk - 4 ta “Lasseti”, “Spark” va “Malibu” rusumli avtomashinalar baholangan hamda Yunusobod tumani Kulolqo‘rg‘on ko‘chasida joylashgan xonadonga taqiq qo‘yilgan.
Jabrlanuvchilar ko‘pligi va turli hududlardan bo‘lgani bois, ularni sud majlislarida ishtirok etishi yashash joylaridagi sudlar binolarida o‘rnatilgan videokonferensaloqa tizimi orqali ta’minlanadi.
LiveBarchasi