“Straus House”dan 1 million dollarni kim olgan?
Intervyu
−
29 fevral 2020
19263Joriy yilning, 27 fevral kuni “Straus House” mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayonlari boshlangani haqida xabar bergan edik. Suddan so‘ng “Straus House” ta’sischisi Ibrohim Isroilov QALAMPIR.UZ’ga intervyu berib, tergov jarayonida tergovchilar undan 1 million AQSH dollari talab qilgani, tazyiq o‘tkazgani va televideniyeda yolg‘on intervyu berishga undagani haqida gapirgan edi.
Shu kunlarda tergov muassasalari ustidan QALAMPIR.UZ’ga bo‘layotgan shikoyat va iddaolar ortib bormoqda. Biz Isroilovning gaplariga aniqlik kiritish va ikkinchi tomonning gaplariga ham quloq tutish maqsadida IIV huzuridagi Tergov departamentida bo‘ldik. Departament bo‘lim boshlig‘i Inomjon Ismatov va “Straus House” MCHJning tergov ishini olib borgan Tergovchi Azat Utemuratov bilan yuqoridagi mavzu borasida intervyu tashkil qildik.
Ushbu suhbatda quyidagi savollar o‘rtaga tashlangan:
• voqea aslida qanday bo‘lgan edi? Tergovchilar Isroilovdan ishni yopdi-yopdi qilish uchun 1 million AQSH dollari talab qilganmi?
• tergov jarayonida Ibrohim Isroilov va uning oila a’zolariga nisbatan ruhiy va jismoniy tazyiqlar o‘tkazilganmi?
• Isroilov tomonidan o‘zlashtirilgan pullar nimalarga sarflangan?
• tergovchilar Isroilovni televideniya orqali chiqish qilib, aybiga iqror bo‘lishga va yolg‘on gapirishga undaganmi?
• “Straus House” xodimlari va Ibrohim Isroilov ko‘rsatmalarida bir-biriga qarama-qarshilik bormi?
• fuqarolar tergovchilar va tergov jarayonlarining shaffofligiga nega ishonmaydi?
Intervyu davomida shu kabi savollarga javob olishingiz mumkin. Ushbu suhbatni yuqoridagi videopleyerda yoki YouTube’dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.
LiveBarchasi