Sobiq DXX binosi yonidagi daraxtlarning noqonuniy ko‘chirilgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda sobiq Davlat xavfsizlik xizmati binosi o‘rnida mehmonxona qurilayotgani va qurilish maydonida ko‘p yillik daraxtlar kesilib, o‘ralgan holda olib chiqib ketilayotganligi haqida videoxabar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

"O‘tkazilgan tekshirishda yuqoridagi hududda olib borilayotgan qurilish loyihasi doirasida “M.M.” MCHJ tomonidan sog‘lom o‘sib turgan jami 53 tup qimmatbaho navli ko‘p yillik daraxtlar (eman, qarag‘ay, aylantus va boshqalar) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgustdagi “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 464-son Qarori talablariga zid ravishda noqonuniy ravishda ko‘chirib olib ketilganligi aniqlandi", deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan daraxtlarni noqonuniy ko‘chirgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mas’ullari va bunga imkoniyat yaratib bergan mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Bosh prokuratura jinoyat ishini alohida nazoratga olganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi holat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ishchi guruhi tomonidan o‘rganilgani va Yunusobod tumani Sayilgoh ko‘chasidagi 26 ta eman daraxti belgilangan tartibda boshqa hududga ko‘chirib o‘tqazilayotganligini ma’lum qilgandi. Mas’ul MJR rahbari esa bu daraxtlar ko‘chirib o‘tqazilganidan keyin 3 yil davomida doimiy sug‘orish, o‘g‘itlash, ildiz tizimini oziqlantirish, hasharotlar va zararkunandalarga qarshi kurash va boshqa zaruriy ishlar amalga oshirilishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

daraxt sobiq DXX binosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made