Chilonzorda harakatlanib ketayotgan mashinani daraxt bosib qoldi

3-sahifa

−

image

Kecha, 1 oktyabr kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida harakatlanib borayotgan mashina ustiga daraxt sinib, qulab tushdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 23:59 da Chilonzor tumanining Kichik halqa ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv ekipajlari va hamkorlikdagi xizmatlar jalb etilgan hamda olib borilgan tezkor choralar natijasida yo‘ldagi to‘siqlar bartaraf etilib, avtomobillar harakati qayta tiklangan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida harakatlanib borayotgan 2 ta avtomashina ustiga daraxt sinib, qulab tushgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing