Toshkentda harakatlanib ketayotgan mashinalarni daraxt bosib qoldi
3-sahifa
−
11:32 1420 1 daqiqa
Bugun, 2 sentyabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida harakatlanib borayotgan 2 ta avtomashina ustiga daraxt sinib, qulab tushdi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 05:32 da Mirzo Ulug‘bek tumani “Shahrisabz” MFY, Maxtumquli ko‘chasi 1-uy qarshisida daraxt sinib, qulashi oqibatida harakatlanib borayotgan avtomobillar ustiga tushgan.
Voqea joyiga qutqaruv ekipajlari va hamkorlikdagi xizmatlar jalb etilgan hamda olib borilgan tezkor choralar natijasida yo‘ldagi to‘siqlar bartaraf etilib, avtomobillar harakati qayta tiklangan.
Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Lacetti rusumli avtomobil yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan edi.
Live
Barchasi