Özbekistonda millionlab daraxt köçatlari ekilmoqda. Ular qanday nazorat qilinadi?
O‘zbekiston
−
15:50 573 2 daqiqa
Özbekistonda “Yaşil makon” loyihasining kuzgi mavsumi davom etmoqda. Ayrim hududlarda bir milliondan ortiq köçat ekiş rejalaştirilgan bölsa, boşqalarida yangi boğlar barpo etilmoqda.
Özbekistonda kuzgi köçat ekiş işlari avj olgan. “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida bu gal ham millionlab daraxt köçatlarini ekiş, çöl hududlarini yaşillaştiriş va aholi yaşaş joylarida yangi boğlar taşkil etiş közda tutilgan.
Biroq bu jarayonda faqat köçat ekiş emas, ularning mahalliy iqlimga mosligi va keyingi parvarişi ham ahamiyat kasb etadi.
Masalan, Farğonaning Yozyovon tumanida 2 ming tupdan ortiq daraxt ekilgan. “Yangi Özbekiston” massividagi 104 ta köp qavatli uy aholisi uçun barpo etilayotgan parkda çinor, katalpa, oq qayin, eman va klyon köçatlari ötqazildi. Mas’ullarga köra, har bir köçat elektron platformaga kiritilib, uning parvarişi va kökarişi nazorat qilinadi.
Buxoroning Şofirkon tumanida esa e’tibor çöl iqlimiga mos daraxtlarga qaratilgan. Qizilqumga tutaş hududdagi köçatzorda qariyb 1 million tup köçat parvarişlanmoqda. Ular orasida qurğoqçilik va şörxok yerlarga çidamli gujum daraxtlari, pavlovniya va boşqa manzarali ösimliklar bor.
Ayni paytda Sirdaryoning Sardoba tumanida 1 million 135 ming, Qoraqalpoğistonning Xöjayli tumanida 600 mingdan ortiq köçat ekiş rejalaştirilgan. Qaşqadaryoning Qamaşi davlat örmon xöjaligida esa kuzgi mavsum uçun 320 ming tup köçat zaxirasi tayyorlangan.
Boşqa hududlarda ham işlar davom etmoqda. Jumladan, Navoiyning Zarafşon şahrida 1000 tup, Namanganning Uyçi tumanida 2200 tupdan ortiq manzarali va mevali daraxt köçatlari ekilgan.
Jizzax şahrida aholi uçun taşkil etilgan yarmarkalarda köçatlarning 30 dan ortiq turi sotuvga çiqarilgan. Samarqandda yoşlar iştirokida “Yoşlar boği” yaratilib, 450 tup daraxt ekildi. Toşkentning Şayxontohur tumanidagi Şodlik mahallasi aholisi esa öz hududida 100 tup köçat ötqazdi.
Andijon, Surxondaryo va Toşkent viloyatida ham kökalamzorlaştiriş tadbirlari ötkazilmoqda.
Mamlakat böylab olib borilayotgan bu işlardan közlangan maqsad yaşil maydonlarni kengaytiriş va ekologik muhitni yaxşilaşdir. Şu bilan birga, ekilgan köçatlarning qançasi unib, daraxtga aylanişi ularning keyingi parvarişiga ham boğliq. Şu sababli köçat ekiş bilan bir qatorda ularni saqlab qoliş va doimiy nazorat qiliş masalasi ham muhim ahamiyatga ega.
Live
Barchasi